
Yusupov va Ahadov Qingdao Grand Prix 2025 turnirida ishtirok etadi
26-28 sentyabr kunlari Xitoyning Shandun provinsiyasi Sindao shahri Grand Prix turniriga mezbonlik qiladi.
Musobaqada 5 qit’aning 26 davlatidan jami 205 (119 erkak, 86 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun bahs olib boradi. Qingdao Grand Prix 2025 turnirida O‘zbekiston terma jamoasining ikki etakchi dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Ushbu haftada ikkita IJF turniri borligi sabab murabbiylar shtabi Xitoyga Shahram Ahadov va Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupovni yuborishni lozim topishdi. Terma jamoamizning qolgan dzyudochilari Praga shahrida o‘tkaziladigan Evropa Ochiq Kubogida qatnashishadi.
Fikrlar