
Xavi “Barsa” mag‘lubiyatga uchrasa, futbolchilarni jazolaydigan bo‘ldi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmagan shogirdlarini qo‘shimcha mashg‘ulotlar bilan jazolaydigan bo‘ldi.
Ispaniyalik mutaxassis Kataloniya derbisida shogirdlari “Espanol” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagani uchun 1 yanvar kuni futbolchilarga dam bermasdan, hammani mashg‘ulotga jalb etgan.
Endi “Barselona” 4 yanvar kuni Ispaniya kubogida “Intersiti” jamoasi bilan to‘qnash kelashi lozim. Agar bu uchrashuvda ham futbolchilar bosh murabbiy ishonchini oqlay olmasa, ular 6 yanvarga belgilangan dam olish kunida mashg‘ulotga chaqirtiriladi.
6 yanvar kuni Ispaniyada uch Qirol bayrami nishonlanadi. Bu bayram Yangi yil va Rojdestvodan ham nufuzli hisoblanadi.
Fikrlar