"Yuve", PSJ, "Barsa" APLning eng zo‘r futbolchisiga qiziqmoqda

  • 23.03.2022 21:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" yulduzi Muhammad Saloh faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Italyan OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, misrlik hujumchi xizmatiga "Yuventus" jiddiy qiziqib qolgan. Turinliklardan tashqari PSJ hamda "Barselona" ham Salohni sotib olmoqchi.

Muhammad mersisaydliklar bilan shartnomasini yangilashga shoshilmayapti. Bu holat uning transferini tezlashtirib yuborishi mumkin.

29 yoshli futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 100 million evroga teng. U ayni paytda APLda 20 gol va 10 assist bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!