
“Yuve” “Barsa” futbolchisini besh yillik shartnomaga ko‘ndirdi
“Barselona”ning braziliyalik futbolchisi Artur Turinga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi.
Aslida “Yuventus” bosniyalik pleymeykeri Miralem Pyanichni Arturga almashtirmoqchi edi. Artur bir muddat “Barselona”ni tark etishga rozi bo‘lmadi. Nihoyat, tomonlar kelishuvga erishdi.
“Yuventus” rahbariyati iste’dodli yarim himoyachiga besh yillik shartnoma taklif qildi. Unga ko‘ra, futbolchi yiliga 5,2 million evro maosh oladi. Bu hozirgi olayotgan pulidan 2 million evroga ko‘proq.
Artur “Barselona”ga 2018 yilda “Gremio” klubidan o‘tgan. Joriy mavsumda 23 yoshli futboli La Ligada 19 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar