
"Yuve" bir qancha APL klublari "hafsalasini pir qilmoqchi"
Tuttosport nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Yuventus" yozda turkiyalik himoyachi Merix Demiralni transferga qo‘ymoqchi emas.
Ta’kidlanishicha, turinliklar "Lester", "Everton", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jiddiy qiziqishiga sabab bo‘layotgan futbolchini jamoada olib qolish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, "keksa sinora" 22 yoshli futbolchini o‘tgan yilning yozida Turkiyaning "Alanyaspor"idan xarid qilgan edi
Fikrlar