"Yuve" dastlabki turdayoq durang o‘ynadi, Ronalduning goli inobatga olinmadi!

  • 22 avgust, 2021, 23:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya A Seriyasi dastlabki turi doirasidagi "Udineze" hamda "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Turinliklar safida Paulo Dibala va Xuan Kuadrado tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar tarkibida Roberto Perreyra hamda Jerar Delofeu javob qaytardi. 90+4-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan gol ofsayd tufayli inobatga olinmadi.

Shunday qilib, "keksa senora" A Seriya joriy mavsumini durang bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!