
“Yuve” ishongan yulduz boshqa superklubga ketib qoladigan bo‘ldi
“Yuventus”ning ishongan himoyachisi Matteys de Ligt yozgi transferlar vaqtida Turinni tark etishni rejalashtirmoqda.
Uzoq muddat “Yuventus”da to‘p surishi kutilgan 21 yoshli himoyachi “Barselona”da to‘p tepishni istamoqda. Kataloniyaliklar safida uning eng yaqin do‘sti Frenki de Yong o‘ynayotgan bunga asosiy sabab sifatida ko‘rsatilyapti.
Matteysning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar 75 million evro miqdorida badal puli to‘lashi talab etiladi.
De Ligt joriy mavsumda A Seriyada 27 ta o‘yinda qatnashib, bir juft golli pas oshirdi.
Fikrlar