"Yuve" sobiq yulduzidan hamon umidvor!

"Yuventus" "Mancester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishning turli yo‘llarini qidirib ko‘rmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar futbolchi uchun 50-60 mln evro va Aaron Remzini taklif qilmoqchi.

Avvalroq, MYu klubi 26 yoshli futbolchi uchun 150 mln funt xohlayotgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba o‘tgan yilning dekabridan buyon maydonga tushmayapti. U joriy mavsum APLda 7 ta bahs o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!