"Yuve" xavbeki jarohat sabab "Verona"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski sog‘ligidagi muammo sabab A Seriyasi 23-turi doirasida "Verona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Turin klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi mushaklari shikastlanganligi sababli jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.
Joriy mavsumda Bernardeski "byankonerlar" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va gollik uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar