
"Yuventus" 14 karra Italiya Kubogi sohibi!
"Atalanta" hamda "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi Italiya Kubogi finali o‘z nihoyasiga etdi. Final Andrea Pirlo shogirdlarining 1:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakun topdi va "Keksa sinora" o‘zi uchun o‘ta qiyin kechgan ushbu mavsumni titulsiz yakunlamaydigan bo‘ldi.
Dastlab, 31-daqiqada Deyan Kulusevski chiroyli goli bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 41-daqiqada Ruslan Malinovski gol urib, oradagi farqni tikladi. Uchrashuvning 73-daqiqasida "Yuventus"ning yosh a’zosi Federiko Keza jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi va turinliklar yakunda sovrinni qo‘lga kiritishdi. G‘alaba bilan barcha "Yuventus" muxlislarini tabriklab qolamiz!
Fikrlar