
"Yuventus" 18 ta golga assistentlik qilgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Yuventus" rahbariyati jamoaning qanot yarim himoyachisi Xuan Kuadrado bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "keksa sinora" 32 yoshli kolumbiyalik futbolchiga 2023 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Kuadrado joriy mavsum "Yuventus" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda jamoasining 18 ta goliga assistentlik qildi.
“Yuventus” 32 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 65 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Andre Pirlo jamoasi peshqadam “Inter”dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar