
"Yuventus" 19 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 120 mln evro to‘lashga tayyor
Turinning “Yuventus” klubi “Benfika” yarim himoyachisi Joau Felish uchun kurashda favorit hisoblanmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli portugaliyalik futbolchi “keksa sinora”ning yozgi transferlardagi asosiy maqsadiga aylangan. A Seriya grandi Felishning shartnomasida ko‘rsatilgan 120 mln evro tovon pulini to‘lashga tayyor. “Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi ushbu taklifni allaqachon “Benfika” rahbariyatiga etkazgan.
Ta’kidlash kerakki, Felishga shuningdek «Manchester Yunayted», «Barselona», «Real» va «Atletiko» klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Felish joriy mavsum Portugaliya chempionatida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar