
"Yuventus" 2 futbolchisi koronavirusdan butkul sog‘aydi
"Keksa sinora" vakillari Blez Matyuidi va Paulo Dibala koronavirusdan sog‘ayishgani xabar qilinmoqda. Har ikki futbolchi izolyatsiya davrini muvaffaqiyatli o‘tkazgach, yaqin kunlar mobaynida ikki marotaba testdan o‘tishgan. Test natijalari koronavirusga nisbatan manfiy natija bergan. Endi futbolchilar izolyatsiyadan chiqib, normal hayotga va shaxsiy mashg‘ulotlarga kirishishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Blez Matyuidining kasallangani 17 mart kuni, Dibalaniki esa jamoadoshidan 4 kun keyin aniqlangani ma’lum qilingandi.
Fikrlar