"Yuventus" 53 mln evro evaziga "Barselona" tarbiyalanuvchisini sotib olmoqchi

  • 28.03.2019 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi "Benfika" yarim himoyachisi Alexandro Grimaldoga qiziqib qoldi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turinliklar 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun yozgi transferlar davrida lissabonliklarga 53 mln evro taklif qilishmoqchi. Qayd etish lozimki, unga shuningdek "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublari ham kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Grimaldo “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Benfika” safida jami 43ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!