
"Yuventus" afsonasi jamoani erkin agent sifatida tark etadi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachi Leonardo Bonuchchi bilan shartnomani bekor qildi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, tajribali italiyalik fulbek faoliyatini Bundesligada, aniqrog‘i, "Union"da davom ettiradi. Futbolchi Berlin klubiga erkin agent sifatida yaqin soatlar ichida borib qo‘shilishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 36 yoshli himoyachining "keksa senora" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugashi kerak edi.
Fikrlar