
"Yuventus" APLning eng zo‘r futbolchilaridan biri uchun uch o‘yinchisini taklif qildi
"Vulverxempton" qanot hujumchisi Adama Traore yozda top klub tarkibini to‘ldirishi mumkin.
ESPN nashri ma’lumotiga ko‘ra, "keksa sinora" Traore uchun darvozabon Mattia Perin, himoyachilar Daniele Rugani va Kristian Romeroni berishga tayyor.
Moliyaviy inqiroz sabab turinliklar Angliya klubi talab qilayotgan 80 million evroli tovon pulini to‘lay olmaydi, shu sababdan "Yuventus" futbolchi almashtirish yo‘lidan bormoqchi.
Fikrlar