
"Yuventus" "Atalanta" yarim himoyachisini sotib oladi
"Atalanta" klubi xavbeki Deyan Kulusevski "Yuventus"ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha “keksa sinora” 19 yoshli shvetsiyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra “Yuve” Kulusevski uchun 35 mln evro to‘laydi. Endi ular faqatgina futbolchining o‘zi bilan shaxsiy kelishuvga erishishsa bas.
Ma’lumot uchun, Deyan Kulusevski bu mavsum “Parma”da ijarada to‘p surmoqda. U 19 ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar