"Yuventus" autsayderni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi
Italiya chempionati 23-turida "Yuventus" "Krotone" bilan bahs olib bordi va muhim g‘alabani (3:0) qo‘lga kiritdi.
O‘yin turinliklarning to‘laqonli ustunligi ostida kechdi. Birinchi taymning so‘nggi o‘n daqiqasida Krishtianu Ronaldu mehmonlar darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. 66-daqiqada Veston Makkeni o‘yindagi so‘nggi gol muallifi bo‘ldi.
G‘alabadan so‘ng "Yuventus" 22 o‘yinda ochkolari sonini 45 taga etkazib oldi va A Seriya turnir jadvalida 3 o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Krotone" esa 23 turdan so‘ng 12 ochko bilan 20 o‘rinda bormoqda.

Fikrlar