
"Yuventus" a’zosi yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
"Yuventus" yarim himoyachisi Ueston MakKenni AQShda yil futbolchisi, deb topildi.
22 yoshli futbolchi 44 foiz ovoz to‘pladi. "Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishich 27 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Barselona" himoyachisi Serjio Dest 14 foiz bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.
O‘tgan yilda Pulishich tengsiz bo‘lgandi.
MakKeni "Yuventus"ga yozda "Shalke"dan ko‘chib o‘tgandi. U A Seriya doirasida 8 ta bahs o‘tkazib ulgurdi.
Fikrlar