“Yuventus” “Barsa” ko‘zlagan futbolchini olish uchun eski tanishini ishga soladi

  • 16 noyabr, 2020, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati “Barselona” anchadan beri nishonda ushlab turgan “Ayaks”ning iqtidorli yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni transfer qilish harakatiga tushdi.

Tecno

Turinliklar bu futbolchini olishda uning agenti Mino Rayola bilan do‘stona aloqalaridan foydalanishni reja qilgan. “Yuventus” xo‘jayinlari “yangi Pogba”, deb atalayotgan 18 yoshli Gravenberxni yozdi jamoaga olib kelmoqchi.

Bu futbolchining transfer summasi 25-30 million evro atrofida baholanmoqda. “Yuventus” unga erishish yo‘lida “Barselona”dan tashqari, “Real” va “Manchester Yunayted” bilan ham raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

“Barselona” zudlik bilan olinadigan futbolchilarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi

“Yuventus” shartnomasini rad etgan Dibala yangi jamoa tanladi

“Barselona” muxlislari Kumanning qaroriga qarshi chiqmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!