
“Yuventus” shartnomasini rad etgan Dibala yangi jamoa tanladi
Argentinalik hujumchi Paulo DibalaTurin klubi taklif etgan yangi shartnomani rad etdi va boshqa jamoaga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.
26 yoshli to‘purarning asosiy maqsadi Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tib, “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilish ekani aytilmoqda. “Manchester Yunayted” ham anchadan beri uzoq muddat jamoada o‘ynay oladigan to‘purar hujumchi qidirmoqda. Sulsher, yozgi transferlar mavsumida ham Dibalani taklif qilishni istagandi.
Dibalaning turinliklar bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Turinliklar Paulo talab qilayotgan maoshni bermoqchi emas. Shuning uchun bir necha oydan beri tomonlar muzokaralarda bir to‘xtamga kela olmayapti.
“Yuventus” ham keyinchalik Dibalaning tekinga ketib qolmasligi uchun kelasi yozda uni sotib yuborishi eng to‘g‘ri variant bo‘ladi.
Dibalaga yangi xaridor chiqdi
“Yuve” Dibalaning talabini bajarmaydi
Fikrlar