“Yuventus” bir yilda Evropaning ikki sovriniga ega chiqqan futbolchini oladi

  • 18.07.2021 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus”ning sobiq yarim himoyachisi Massimo Mauro klub rahbariyatiga himoya chizig‘ini kuchaytirishni maslahat bermoqda.

Uning aytishicha, turinliklar “Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolgan Emerson Palmierini transfer qilishi kerak. Bu futbolchi  bir yil ichida ikkita musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Dastlab, “Chelsi” bilan UEFA Chempionlar ligasida zafar quchgan bo‘lsa, yaqinda Italiya terma jamoasi tarkibida Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi.

- Ularning o‘rnida bo‘lganimda Emerson uchun pulni ayamasdim. U etarli baho berilmagan juda kuchli o‘yinchi. Unga ishonish mumkin va “Yuventus”ga katta yordam bera oladi, - dedi Massimo Mauro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!