"Yuventus" bosh murabbiy lavozimiga Sarri nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Turinning "Yuventus" klubi hamon jamoaga yangi bosh murabbiy topa olmayapti.
Sky Italia tarqatgan xabarga ko‘ra ayni damda “keksa sinra” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z ishini davom ettira olish yoki olmasligi borasida muhokamalarni davom ettirmoqda. Gap shundaki, Allegri jamoada qolish uchun bir nechta talablarni qo‘ygan. Jumladan, yangi shartnoma va yangi futbolchilar. Bordiyu, uning bu boradagi talab qanoatlantirilmasa, u o‘z lavozimini tark etadi.
Yuqoridagi holat yuz bersa, Allegrining "Yuventus"dagi o‘rnini Maurisio Pochettino ("Tottenxem") yoki Mauritsio Sarri ("Chelsi") egallashi mumkin. Turinliklar aynan mana shu ikki nomzodni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan.

Fikrlar