"Yuventus" bu futbolchini transferga qo‘ymaydi!

  • 20 iyul, 2022, 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo yangi mavsumda ham Massimiliano Allegri jamoasida qolish ehtimoli katta.

Tecno

Italiyalik insayder Romeo Agrestining yozishicha, frantsiyalik futbolchi hozirda “keksa sinora”ning transferga qo‘yiladigan futbolchilari ro‘yxatida yo‘q.

Manba, shuningdek, futbolchining MLS jamoalaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni ham rad etdi. Qayd etilishicha, Allegri kelasi mavsumda Raboga umid bog‘lagan, chunki u frantsiyalik futbolchi tarkibda raqobatni kuchaytirishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rabo "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan edi, ammo “aristokratlar” yarim himoyachiga hali jiddiy qiziqish bildirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!