"Yuventus" Buffon bilan kelishuvga erishdi

  • 28 iyun, 2019, 16:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon yana "Yuventus"ga qaytmoqda. Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishgan.

Unga ko‘ra 41 yoshli posbon “keksa sinora” bilan 2020 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi va bonuslar bilan birga 1,5 million evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Buffon “Yuventus” safida 2001-2018 yillarda to‘p surgan va 656ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 518ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!