
“Yuventus” bugun A seriyaning eng yaxshi himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi
"Torino" himoyachisi Gleyson Bremer faoliyatini Turinning "Yuventus" klubida davom ettiradi. Insayder Romeo Agrestining xabar berishicha, tomonlar yaqin orada kelishuv haqida e’lon qilishadi.
“Keksa sinora” braziliyalik futbolchining transferi uchun 41 million evro to‘lashi aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Bremer bugun Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak, shundan so‘ng u “Yuventus” bilan 2027 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolaydi.
"Yuventus" Bremerni "Bavariya" bilan shartnoma imzolagan gollandiyalik himoyachi Matteys de Ligtga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Gleyson o‘tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi sifatida tan olingandi.
Fikrlar