"Yuventus" darvozaboni "Benfika"ga o‘tadi

  • 14 iyul, 2019, 15:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turinning “Yuventus” klubi darvozaboni Mattia Perin joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli posbon 15 million evro evaziga “Benfika”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “keksa sinora” Perinning bundan roppa-rosa bir yil muqaddam 12 mln evro evaziga “Jenoa”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum jamoaning asosiy darvozaboni Voychex Shchensniga o‘rindosh sifatida o‘ynadi.

Ta’kidlash kerakki, Janluijji Buffon “Yuve”ga qaytgach turinliklar Perinni sotib yuborishga qaror qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!