
"Yuventus" Dibalaning maoshini 10 mln evro qilmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Paulo Dibalaga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishuvn 2025 yilga qadar uzaytirishni rejalashtirishmoqda. Agar 26 yoshli argentinalik futbolchi ushbu kelishuvni imzolasa, uning yillik maoshi 10 mln evroga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar