“Yuventus” dunyoning eng zo‘r darvozabonini oladi

  • 6 noyabr, 2022, 12:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati darvozani qo‘riqlashga Voytsex Shchensni o‘rniga PSJ vakili Janluiji Donnarummani olib kelmoqchi.

23 yoshli Donnarumma Italiya terma jamoasining asosiy posboni hisoblanadi.

Donnarumma o‘tgan debyut mavsumida PSJ tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17ta gol o‘tkazgan va beshta bahsda darvozasi daxlsio‘zligini saqlab qolgandi.  Iste’dodli darvozabon ichki raqobatda g‘olib chiqib, bu mavsumni asosiy tarkibda boshladi. Hozircha, 13 ta uchrashuvdan sakkiztasida “quruq” o‘yin o‘tkazdi.

Donnarumma 2013-2021 yillar davomida “Milan” vakili bo‘lgan. Hozirgi jamoasi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!