
"Yuventus" ertaga argentinalik himoyachi bilan shartnoma imzolaydi
"Jenoa" klubi himoyachisi Kristian Romero "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli argentinalik futbolchining transferi “keksa sinora”ga 20 mln evroga tushadi. U ertaga Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
Ta’kidlash lozimki, “Yuve” rahbariyati Romeroni ijaraga berib yuborishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Robero o‘tgan mavsum A Seriyada jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar