
"Yuventus" etakchisi bilan xayrlashishga tayyor
"Yuventus" hujumchisi Federiko Keza yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deya yozmoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa senoralar" rahbariyati futbolchining rivojlanishiga ishonmayapti. Qolaversa, Federikoning bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan ham munosabatlari yaxshi emas. Bir yildan so‘ng shartnomasi yakunlanadigan Kezani "Yuve" yaxshiroq summaga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi,
Fikrlar