"Yuventus" futbolchilarning maoshlari bilan bog‘liq firibgarlik uchun jarimaga tortildi

  • 30 may, 2023, 19:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) futbolchilarning maoshlari bilan bog‘liq firibgarlik ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Italiya futbol rahbariyati “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi va klubdan ochko olmadi.

Tecno

Kelishuvga ko‘ra, Turin klubi 718 ming evro miqdorida jarima to‘laydi va davom etayotgan sport masalalari bo‘yicha barcha apellyatsiyalardan voz kechadi.

A Seriyaning 37-turidan so‘ng “keksa senyora” 59 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 7 o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!