"Yuventus" futbolchisi uchun "Chelsi" va "Barselona" raqobatlashadi

  • 1 may, 2021, 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" ham "Yuventus" yarim himoyachisi Adrian Rabo uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "aristokratlar" 26 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun "Barselona" bilan raqobatlashishga tayyor. Kataloniyaliklarda ham Raboga nisbatan qiziqish kuchli.

O‘z navbatida, "keksa sinora" Turinda o‘z o‘yinini topa olmayotgan Adrianni 20 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Rabo joriy mavsum "Yuventus" safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. U Ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!