"Yuventus" Gvardiola bilan muzokaralarni boshladi

  • 05.03.2019 20:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi. Bu haqda Sport nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “keksa sinora”ning e’tibori “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga tushgan. Turinliklar uni mavsumlar oralig‘idayoq jamoaga olib kelishmoqchi. “Yuventus” vakillari bu borada allaqachon Gvardiolaning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Ma’lumot uchun, Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “shaharliklar” bilan Angliya chempionligi, Angliya liga kubogi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!