"Yuventus" ham Pogba bilan muzokaralarni boshlab yubordi
Turinning "Yuventus" klubi ham nihoyat "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning transferi borasida harakatlarni boshladi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar endigina boshlangan va shu bois ular “Yuventus”dan bu borada rasmiy taklif kutishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogba uchun Madridning “Real” klubi asosiy da’vogar ekani haqida xabarlar keng tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Pogba turinliklar safida avval ham to‘p surgan (2012-2016). U yakunlangan mavsum MYu safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar