
"Yuventus" hujumchisi Angliyaga ketmoqchi
"Yuventus"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish niyatida. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga "Arsenal", "Nyukasl", "Aston Villa", "Tottenxem" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Vlaxovich joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining "Yuventus" bilan tuzilgan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha amal qiladi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 45 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar