
"Yuventus" hujumchisi Ibragimovichga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin
"Yuventus" forvardi Federiko Bernardeski qishki transfer oynasi vaqtida "Milan"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Futbolchining agenti Mino Rayola o‘zining mijoziga yangi klub izlash ishlarini aynan Milan klubidan boshladi. Italiyalik forvard Evropa chempionatida ishtirok etish uchun "Yuventus"dan ketishni ma’qul ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan Bernardeski uchun "rossonerilar"dan tashqari "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli hujumchi "Fiorentina" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "keksa sinora" safida 2017 yildan buyon to‘p surib keladi. Uning transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar