
"Yuventus" hujumchisini MYuga sotishga tayyor. Uning narxi ham ma’lum
«Yuventus» klubi hujumchisi Mario Manjukich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» qishki transferlar mavsumida Manjukichni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Qolaversa, hujumchi mankunianliklar bilan maosh borasida muzokara o‘tkazmoqda.
O‘z navbatida, turinliklar 33 yoshlik futbolchini 10 million evro evaziga MYuga qo‘yib yuborishga rozilar.
Fikrlar