
"Yuventus" ishtirokidagi o‘yinlar qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
A Seriyaning “Yuventus” ishtirokidagi 2 ta o‘yini qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, "Bolonya" - "Yuventus" o‘yini 13 mart, "Yuventus" - "Lechche" bahsi 21 mart sanasida bo‘lib o‘tadi. Har ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyadagi barcha o‘yinlar mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab 5 aprelga qadar muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Fikrlar