
“Yuventus” Italiyaning eng zo‘r darvozabonini olyapti
“Yuventus” rahbariyati ashaddiy raqibi – “Milan”ning asosiy darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilinmoqda.
Hali yosh bo‘lishiga qaramay, Italiyaning eng kuchli darvozaboniga aylangan Donnarumma milanliklar bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Ayniqrog‘i, “Milan” o‘z posbonining maosh va shartnoma muddati bo‘yicha talablariga ko‘nmadi.
“Yuventus” bilan kelishuvga ko‘ra, Donnarumma Turinga erkin agent sifatida bepul keladi va yiliga 9,5 million evro maosh oladi. Bu transfer amalga oshsa, futbolchining agenti Mino Rayolaga 20 million evro miqdorida komissiya puli to‘lanadi.
Turinliklar Donnarumma kelishi bilan Janluiji Buffon va asosiy golkiper Voytsex Shchensni bilan xayrlashadi. Buffon o‘ziga A Seriyadan jamoa qidirayotgan bo‘lsa, polshalik posbonni “Tottenxem”da kutishmoqda.
Fikrlar