"Yuventus" Keza bilan kelishib oldi

  • 05.06.2019 12:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi mavsumlar oralig‘ida “Fiorentina” yarim himoyachisi Federiko Kezani o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha “keksa sinora” allaqachon 21 yoshli futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Keza “Yuve” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 5 mln evro maosh oladi.

Endi turinliklar faqatgina “Fiorentina” bilan kelishib olishsa bas.

Ma’lumot uchun, Keza o‘tgan mavsum “binafsharanglilar” safida 46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!