"Yuventus" Lokatelliga yangi shartnoma tayyorlamoqda

  • 4 fevral, 2023, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachi Manuel Lokatelli bilan xayrlashmoqchi emas. Jamoa rahbariyati allaqachon 25 yoshli futbolchi uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Yuventus" italiyalik futbolchiga yiliga 3 million evro maosh bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma taklif qilmoqda.

«Yuventus»ning joriy va unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan mavsumida Lokatelli 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o‘rtalariga qadar tuzilagn. Tovon puli esa 35 million evroni tashkil etadi.

Turin klubi ayndi damda A Seriya musobaqa jadvalida 23 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!