"Yuventus" Manjukichni MYu ga sotishga tayyor
“Yuventus” forvardi Mario Manjukich davralar oralig‘ida Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli xorvatiyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” klubi jiddiy xaridor bo‘lmoqda. O‘z navbatida turinliklar Manjukichni 10 mln evr evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Manjukich “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar