“Yuventus” “Milan”dan uchta gol egan darvozabondan voz kechadi

  • 11.05.2021 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida asosiy darvozaboni Voytsex Shchensnini transferga qo‘yishga qaror qildi.

Tecno

Turinliklar mavsum yakunlanganidan keyin “Milan” posboni Janluiji Donnarummani olib kelmoqchi. O‘z navbatida, “Milan” o‘zi tarbiyalagan darvozabonni yangi shartnomaga ko‘ndira olmadi va yozda qo‘yib  yuborishga majbur.

Polshalik darvozabonga ayni paytda Angliya va Germaniyadan aniq takliflar bor. Ilgari bir necha mavsum davomida “Arsenal” darvozasini qo‘riqlagan Shchensnini bu gal “Tottenxem” Londonga qaytarmoqchi.

Shuningdek, “Borussiya” klubi ham polshalik darvozabonni Dortmundga kelishini kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!