
"Yuventus" Milinkovich-Savich uchun "Latsio"ga 80 mln evro taklif qildi, ammo...
Turinning "Yuventus" klubi hamon "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni qo‘lga kiritishga urinmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 23 yoshli serbiyalik futbolchi uchun rimliklarga 80 million evro taklif qilishgan. Biroq, "Latsio" rahbariyati Savich uchun 120 million evro talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Milinkovich-Savichga shuningdek "Manchester Yunayted" klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Ammo, mankuanliklarga ham “Latsio”ning futbolchi transferi uchun qo‘ygan talabi ma’qul kelmagan.
Fikrlar