"Yuventus" muxlislari uchun hushxabar

  • 03.04.2019 19:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu oyog‘idan olgan jarohatidan muddatidan avval tiklanishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 34 yoshli portugaliyalik futbolchi 10 aprel kuni “Ayaks”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/4 final dastlabki bahsida turinliklarga yordam berishi mumkin. Ammo, murabbiylar shanba oqshomida “Milan”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan A Seriya uchrashuvida Ronalduni maydonga tushirib, tavakkal qilishmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 25 mart kuni Portugaliya terma jamoasi safida Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Serbiyaga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!