
"Yuventus" muxlislari uchun xushxabar!
"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado koronavirusdan qutildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Kolumbiyalik futbolchining COVID-19ga topshirgan so‘nggi test natijasi manfiy chiqdi. Ertadan Xuan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Kuadrado joriy mavsum 13ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar