
"Yuventus" muxlislari uchun yana bir noxush xabar
“Yuventus” yarim himoyachisi Federiko Bernardeski A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchida koronavirus aniqlangan. Federikoda kasallik alomatlari mavjud va u hozirda karantinga olingan.
Bundan avvalroq ikki himoyachisi - Leonardo Bonuchchi va Merix Demiral ham Covid-19 ga chalingan edi. Ushbu futbolchilar o‘tgan tur “Torino”ga (2:2) qarshi Turin derbisini ham o‘tkazib yubordi.
Bernardeski joriy mavsum A Seriyada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga mualliflik qildi. “Yuventus” – “Napoli” uchrashuvi 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.
Fikrlar