“Yuventus” MYu futbolchisini olyapti

  • 14 oktabr, 2021, 23:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Manchester Yunayted” zaxirasidan chiqa olmayotgan Donni van de Bekni Turinga olib kelmoqchi.

Tecno

Turinliklar sport direktori Federiko Kerubini niderlandiyalik pleymeyker transferi bo‘yicha inglizlar bilan muzokaralarni boshlab yubordi. “Yuventus” iqtidorli yarim himoyachini qishki transferlar vaqtida ijaraga olmoqchi.

Agar Donni van de Bek “Yuventus” murabbiylar shtabining ishonchini oqlasa, klub rahbariyati uning transferini sotib oladi.

Aslida “Yuventus” bu o‘yinchini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq, manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Donnini jamoada qolishga ko‘ndirdi. Shunga qaramay, ayni o‘ynaydigan yoshda bo‘lgan futbolchiga etarli o‘yin amaliyoti berilayotgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!