
"Yuventus" navbatdagi o‘yin uchun tarkibga Dibalani kiritmadi
Turinning “Yuventus” klubi murabbiylar shtabi “Atalanta”ga qarshi Italiya chempionati 15-tur o‘yini uchun futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Tarkib bilan tanishing:
Darvozabonlar: Janluiji Buffon, Neto, Emil Audero.
Himoyachilar: Jorjo Kellini, Mexdi Benatia, Aleks Sandro, Daniele Rugani, Shtefan Lixtshtayner, Patris Evra.
Yarim himoyachilar: Miralem Pyanich, Sami Xedira, Xuan Kuadrado, Klaudio Markizio, Ernanes, Mario Lemina, Kvadvo Asamoa, Stefano Sturaro.
Hujumchilar: Gonsalo Iguain, Mario Mandjukich, Moize Kin.
Mazkur bahsda himoyachilar Leonardo Bonuchchi, Andrea Bartsali va hujumchilar Marko Pyats va Paulo Dibala turinliklarga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Atalanta” bahsi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.
Fikrlar